EduPulse mobil ilovasi · oxirgi yangilanish: 2026-yil 30-iyul
Ilova joylashuv (GPS), kontaktlar, qo'ng'iroqlar tarixi va mikrofonni yig'MAYDI.
Ma'lumotlar faqat xizmatni ko'rsatish uchun ishlatiladi: foydalanuvchiga o'z ma'lumotlarini ko'rsatish, davomat va to'lov hisobini yuritish, eslatma va bildirishnoma yuborish. Ma'lumotlar reklama uchun ishlatilmaydi va uchinchi tomonlarga sotilmaydi.
Ma'lumotlar o'quv markazi ichida qoladi. Xizmatni yetkazish uchun quyidagi texnik provayderlardan foydalaniladi: server — Railway; SMS — Eskiz.uz; xabar va bildirishnoma — Telegram va Google Firebase (FCM); dars videosi — Bunny.net; sun'iy intellekt funksiyalari — Anthropic. Ular ma'lumotni faqat shu xizmatni bajarish uchun qayta ishlaydi.
Aloqa HTTPS orqali shifrlangan. Kirish imzolangan token bilan amalga oshiriladi. Dars videolari muddati cheklangan imzolangan havola bilan beriladi. Parollar ilovada saqlanmaydi.
Ma'lumotlar markaz bilan shartnoma amal qilgunicha saqlanadi. Markaz platformadan chiqqanda uning bazasi o'chiriladi.
Ilova o'quv markazining mavjud o'quvchilariga mo'ljallangan. Voyaga yetmagan o'quvchilar ma'lumotlari o'quv markazi va ota-onalar nazorati ostida bo'ladi. Ilova bolalarga qaratilgan reklama ko'rsatmaydi.
Ma'lumotingizni ko'rish, tuzatish yoki o'chirish (shu jumladan hisobni butunlay o'chirish) uchun o'quv markazi ma'muriyatiga murojaat qiling — markaz so'rovni qabul qilib bajaradi.
EduPulse platformasi · Telegram: @Hodiyevedu_bot
Muayyan markaz bo'yicha so'rovlar — o'sha markaz ma'muriyatiga.